Xavfli tajriba yetakchi sun’iy intellekt kompaniyasini yarim million dollarga “tushirdi”

Afrikada sun’iy intellekt chegaralarini kengaytirishga qaror qilgan tadqiqotchilar robot prototipini sher bilan yuzma-yuz qo‘yishdi. Mashina yuzlab hayvonlar tasvirlari va ularning hissiyotlari haqidagi kitoblar asosida tayyorlangan: Hujjatlarda u benuqson edi.
Biroq, sher paydo bo‘lishi bilan hamma narsa qulab tushdi. Tizim “qotib” qoldi va tizimning ishlashi, foydalanuvchi va dastur harakatlari va xatolar haqidagi ma’lumotlarni yozib oladigan jurnallar - loglarda faqat «Katta mushuk!”, “Qo‘rquv!” kabi yozuvlar paydo bo‘ldi. Keyin u spiral bo‘yicha aylanib, butunlay o‘chmaguncha “gurs etib tushish” ovozini yuz martadan ortiq takrorladi. Xotirani tozalash ham yordam bermadi.
Qo‘rquv shu qadar chuqur ko‘mildiki, robot har safar echkidan tortib uy mushugigacha bo‘lgan to‘rt oyoqli jonzotni ko‘rganida xuddi shunday ta’sirlanib ketar va: “Yo‘q, qo‘rqaman!” deb qaytaraverar edi.
Oxir-oqibat, muxandislar markaziy protsessorning bir qismini olib tashlashga majbur bo‘ldi, bu esa kompaniyaga qariyb sakkiz oy vaqt va 1,5 million dollarga tushdi. Sinovlar muhim bosqich bilan yakunlandi: natijada ruhiy zo‘riqishdan so‘ng stressni boshidan o‘tkazgani qayd etilgan birinchi robot paydo bo‘ldi.
B. Muhammadiyeva tayyorladi.