Nurobodlik “shilqim” 15 sutkaga qamaldi
- 21.04.2020 14:52
- 1384
- Jinoyat va jazo
Nurobod tumani Oltinsoy MFYda yashovchi fuqaro U.T. mast holda shu mahallada yashovchi beva ayol L.N.ning yashash uyiga borib, hech bir sababsiz uning xonadoni deraza pardalarini yirtib, ayolni haqorat qilgan. Bu ham yetmagandek, baqir-chaqir qilib, shu atrofda yashovchi boshqa fuqarolarning ham tinchligini buzib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, mayda bezorilik sodir etgan.
Nurobod tumani ma’muriy sudining 2020 yil 21 apreldagi qaroriga asosan U.T. O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 183-moddasi bilan aybli deb topilib, unga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Nurobod tumani ma’muriy sudi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Aholi manfaatlarini himoya qilish - bosh maqsadimiz
- 46 daqiqa avval
- Samarqand
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!