Nurobodlik yoshlar talabiga ko‘ra, kutubxonaga 1000 ta kitob olib beriladigan bo‘ldi

Bugun Nuroboddagi 18-musiqa va san’at maktabida tuman hokimi F.Zairovning yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Yoshlar ittifoqi tuman kengashi faoli Sevinch Elmirzayevaning tumandagi “Yoshlar kutubxonasi”ga qo‘shimcha adabiyotlar zarurligi yuzasidan bildirgan taklifiga ko‘ra, maskanga 1000 dona kitoblar jamlanmasi olib beriladigan bo‘ldi. 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchisi Xumora Keldiyorovaning talabaga asosan yozgi ta’til mavsumigacha tumandagi “Qo‘shchinor” bolalar oromgohi zamonaviy shart-sharoitlar bilan ta’minlanadi.

34-maktab o‘quvchisi Orzibek Tursunqulovning taklifi inobatga olinib, muassasaning fizika, kimyo xonalariga joriy yilning 1 fevraligacha labaratoriya jihozlari, 10 dona kompyuter jamlanmasi yetkazib beriladi. Yosh tadbirkor Oybek Avg‘onovga o‘quv markazi qurilishi uchun yer maydoni ajratib berishga kelishildi.

Uchrashuvda tuman hokimiga yoshlar tomonidan 30 dan ortiq takliflar bildirilib, 10 dan ziyod murojaatga tadbirning o‘zida yechim topildi.

Nurobod tumani hokimligi axborot xizmati.