Nurobod tumani hokimi eng chekka hududdagi maktabda dars o‘tdi

Nurobod tumani hokimi F.Zoirov Omandara mahallasidagi 20-maktabning yuqori sinf o‘quvchilariga o‘zining hayotiy tajriba va ko‘rikmalari, hayotda adashmaslik va to‘g‘ri yo‘lni topish to‘g‘risida dars o‘tdi.

- Hayotning ma’nosi orzu-niyatlar sari intilishdir. Shon-shavkat, obro‘ va boshqa barcha-barchasi maqsad sari intilgannikidir. Men aniq bilamanki, har bir kishida va umuman hammada ham ma’lum maqsad bo‘ladi hamda shu maqsadi insonlarni yetuklikka olib chiqadi. Sizlar ham bugundan, hozirdan o‘z oldingizga ulkan maqsadlarni qo‘ying. Oldingizga qo‘ygan maqsadingizga erishish uchun esa tinmay o‘qib izlaning, – dedi tuman rahbari.

Shuningdek, tuman hokimi dars jarayonida o‘quvchilar bilan fikr almashdi, dildan suhbatlashdi. Ularni qiynayotgan muammolarni hal etish, puxta bilim olishlari uchun zarur har qanday yordamni ko‘rsatishga tayyor ekanligini bildirdi.

O‘quvchi-yoshlarni o‘zlari tanlagan sohaning yetuk mutaxassisi bo‘lib, turli illatlarga qarshi kurashda, yurt ravnaqi yo‘lida fidoyi va faol bo‘lishga chaqirdi, deb xabar bermoqda Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi.