Nurobod tumaniga hokim tayinlandi

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining bugun o‘tkazilgan navbatdan tashqari sessiyasida Yo‘ldoshev Sherali Mamaraimovich Nurobod tumani hokimi etib tasdiqlandi.

Sh.Yo‘ldoshev ushbu tayinlovga qadar xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi kotibiyati mudiri vazifasida ishlab kelayotgan edi. Bundan avval Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi o‘rinbosari, Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Mazkur tayinlovga qadar xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi kotibiyati mudiri lavozimida faoliyat olib borgan.

Sessiyada ishtirok etgan viloyat hokimi E.Turdimov tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha rahbar va faollar oldida turgan vazifalarga to‘xtaldi.