Nurobod tumani hokimi chekka qishloq yoshlari bilan uchrashdi
- 26.02.2020 11:57
- 144
- Samarqand
Nurobod tumanining markazdan olisda joylashgan Kattasoy qishlog‘ida “Hokim va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda tuman hokimiga qishloq yoshlari 10 dan ortiq taklif va savollar bilan murojaat qilishdi. Ikkita murojaat joyida hal etilib, qolgan taklif va muammolar yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.
Tumandagi 58-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchisi Iroda To‘xtamurodova ular tahsil olayotgan muassasada kompyuterlar, badiiy adabiyotlar yetishmayotganini bildirdi.
Hokim topshirig‘iga asosan mazkur maktabga 10 dona kompyuter jamlanmasi hamda 200 dona badiiy adabiyotlar olib beriladigan bo‘ldi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda qishloq yoshlari erishayotgan yutuqlari barobarida, o‘zlarini qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan fikrlarini o‘rtoqlashdi.
Nurobod tumani hokimligi axborot xizmati.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!