O‘zbekiston qo‘g‘irchoq teatrlarining XI festivalida viloyatimiz vakillari sovrinli o‘rinni egallashdi
Festivalda teatr jamoasi "Sehrli tabib" tarixiy ertagi bilan ishtirok etdi.
– Tib ilmi sultoni Ibn Sino bobomizning bolaligi, tibbiyot sohasida amalga oshirgan ishlari, kitobga bo‘lgan muhabbati, dono va zukkoligi, tabiat bilan sirlasha olishi aks etgan asar hayotiy voqealarga asoslanganligi bilan ham ahamiyatli, – deydi teatr badiiy rahbari Iskandar Sultonov. – Ushbu tarixiy ertak bolalarni ilm olishga, kitoblarni sevishga, tabiatga bo‘lgan mehrini oshirishga xizmat qiladi. Shuningdek, ertagimizda sahnadagi shermalarni aktyorlar orqali yasadik. Aktyorlarning ana shu – sahnadagi dekorativ ko‘rinishlarni jonli talqin qilishlari esa festivaldagi muvaffaqiyatimizning bosh omili bo‘ldi.
Nasiba JONTO‘RAYeVA.