O‘zbekistonda jigar transplantatsiyasi amalga oshirildi

Institut ilmiy xodimlari, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etgan tadbirda xirurgiya sohasidagi yangiliklar, jigar, buyrak, yurak-qon tomir tizimida amalga oshirilgan murakkab jarrohlik operatsiyalari borasida so‘z yuritildi.

- Respublikamizda so‘nggi yillarda tibbiyot sohasida katta yutuqlarga erishildi, - deydi respublika ixtisoslashgan ilmiy-amaliy tibbiyot xirurgik markazi rahbari, professor Feruz Nazirov. – Bugun chet elda o‘tkazilayotgan murakkab operatsiyalar markazimizda amal oshirilyapti. Jumladan, markazimiz tomonidan jigarda o‘sma rivojlanishi, katta hajmdagi rezeksiyasi, pankreatoduodenal rezeksiya, o‘t yo‘llarida yuzaga kelgan o‘sma va zaharlanishdan shikastlanish holatlarida qayta tiklanish aralashuvi singari noyob operatsiyalar, dabba kasalligini yirik operatsiyasidan keyin bemorlar uchun protez turlari va lazer texnologiyalarini qo‘llab, gernioplastikning turli shakllari amaliyotga joriy etildi. Jigar sirrozi va portal gipertenziyasi asoratlarini jarrohlik yo‘li bilan davolashdagi o‘ziga xos uslublar ishlab chiqildi.

Joriy yilning fevral oyida markazimizda jigar transplantatsiya jarrohlik operatsiyasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Gepatektomiya kasalligi bilan og‘rigan bemorga ukasi donorlik qildi. Shuningdek, markazimiz Turkiya, Yaponiya, Rossiya kabi qator davlatlarning malakali professorlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Yaqin kunlarda Samarqandda ham xuddi shunday operatsiyalar amalga oshiriladi.

Anjuman doirasida markaz professorlari tomonidan mahorat darslari hamda murakkab operatsiyalar amaliyoti bo‘lib o‘tadi.

Tadbirda shahar hokimi F.Rahimov ishtirok etdi.

Nasiba JONTO‘RAYeVA.