Odam a’zolari transplantatsiyasi uchun xorijga borishga hojat qolmaydi

Shundan kelib chiqib, "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi tomonidan aholi o‘rtasida talab yuqori bo‘lgan tibbiyot muolajalariga, jumladan, transplantologiya tibbiy xizmatiga ruxsat berishning huquqiy asoslarini yaratish borasida amaliy ishlar olib borilmoqda.

O‘zbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi viloyat kengashi tomonidan viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamda Samarqand davlat tibbiyot instituti hamkorligida o‘tkazilgan davra suhbatida "Odam a’zolari va to‘qimalarini transplantatsiya qilish to‘g‘risida"gi qonuni loyihasi muhokama etildi.

– Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda partiyamiz o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolanib, vazirlik bilan hamkorlikda ishchi guruh tuzildi va qo‘shma chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi, – deydi partiya viloyat kengashi raisi o‘rinbosari Aziz Bo‘riboyev. – Unga ko‘ra, "Odam a’zolari va to‘qimalarini transplantatsiya qilish to‘g‘risida"gi qonun loyihasi ishlab chiqilib, O‘zbekiston normativ-huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida umumiy muhokamaga qo‘yildi.

Taklif etilayotgan qonun loyihasi qabul qilinsa, hamyurtlarimiz zarurat tug‘ilgan paytda chet elga bormasdan, shu yerning o‘zida inson organlari va to‘qimalarini ko‘chirib o‘tkazish orqali o‘z salomatligini qayta tiklashiga sharoit yaratiladi.

Ilg‘or ADILOV.