Odam uchun eng katta baxt o‘zi yaratgan go‘zallikdan zavq ola bilishdir
Erkinjon Turdimov, Samarqand viloyati hokimi:
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarining asl mohiyati qaysi bir manzilga nimadir qurib berishgina emas. Bu dastur fuqarolarning o‘z hayotiga nuqtai nazarini o‘zgartirishga qaratilgan.
Yangi loyihalar aholi talabi va ehtiyojidan kelib chiqib tuziladi va bevosita uning ishtirokida amalga oshiriladi. Albatta, ichimlik suvi, yo‘l, tabiiy gaz, elektr tarmoqlarini ta’mirlash, qurish, ehtiyojmand oilalar uchun munosib turmush sharoiti yaratish tegishli tashkilotlar zimmasida.
Biroq mahalliy hokimiyatlar, mahalla faollari ana shu bunyodkorlikka aholini jalb etishdan iborat. Men ko‘cha yoqasidagi yo‘lak va ariqlarni tartibga keltirish, daraxt va gullar ekish, xonadonlarning tashqi qiyofasini chiroyli holatga keltirishni nazarda tutayapman. Shag‘al, sement va qumni keltirib bersak, har kim o‘z hovlisi oldidagi yo‘lakka beton quyib chiqsa, nimasi yomon. Birgalikda ariqlarni tozalasak, daraxt nihollari eksak.
Odam uchun eng katta baxt o‘zi yaratgan go‘zallikdan zavq ola bilish. Bu fazilatni o‘zlashtirganlar keyin ham o‘z hayotlarini o‘zgartira oladilar.