Erkinjon Turdimov: Maqsadimiz – hududlarimiz o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni yanada chuqurlashtirish
Xabar qilganimizdek, Xitoy Xalq Respublikasining Sian shahrida Samarqand viloyati va Shensi muzofoti tadbirkorlarining biznes-forumi bo‘lib o‘tmoqda.
Unda ishtirok etayotgan viloyat hokimi Erkinjon Turdimov ikki hudud tadbirkorlari va tadbirkorligi xususida fikrlarini bildirdi.
- Mamlakatlarimiz tarixi, Sian va Samarqand shaharlarining tarixi o‘zaro hamkorligimiz “Buyuk Ipak Yo‘li” bo‘ylab uzoq yillar, asrlar oldin paydo bo‘lib, rivojlanib kelganligini ko‘rsatadi, - dedi E.Turdimov. - Yaqin tarixda o‘zaro hamkorligimiz rivojiga 2013 yilda imzolangan Samarqand va Sian shaharlari o‘rtasidagi birodarlashuv kelishuvi huquqiy asos bo‘ldi.
2023 yilning may oyida Sian shahrida bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo Xitoy” birinchi Sammiti doirasida Samarqand viloyati va Shensi provinsiyasi o‘rtasida iqtisodiy va madaniy aloqalarini kengaytirishga qaratilgan hamkorlik Kelishuvini imzolanib, munosabatlarimiz rivojiga asos bo‘ldi.
Maqsadimiz bitta – hududlarimiz o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni yanada chuqurlashtirish!