Odil Ahmedov O‘zMUda o‘z futbol akademiyasini ochdi
Sportchi Odil Ahmedov Milliy universitet tashabbusi bilan futbol akademiyasini ochdi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Anglashuv memorandumi oldidan so‘zga chiqqan Xitoyning “Tyanszin Teda” jamoasi vakili – “Men uchun akademiyani sifatli rivojlantirish juda muhim. Kelajakda O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionatiga chiqishini va uning tarkibida universitetimiz tarbiyalanuvchilari bo‘lishini istayman. Bu har qanday puldan ham qimmat turadi. Asosiysi, biz qobiliyatli o‘yinchilarga diqqatni qaratmoqchimiz. Bilasizmi, yosh futbolchilar uchun asosiysi – bu bor kuch-g‘ayratini ayamaydigan ustoz. Afsuski, hozir bunday ustozlar kam. Bugungi kunda ko‘plab murabbiylar bolalarga to‘p berib qo‘yib, shu bilan pul ishlamoqda. Shuning uchun ham biz akademiyaga tajribali chet ellik mutaxassislarni taklif qilmoqchimiz. Chet ellik mutaxassislar o‘z tajribalarini yoshlar bilan baham ko‘rishadi. Bundan tashqari, bizning ham yosh mutaxassislarimiz boshqa mamlakatlarga borib, tajriba orttirishlari mumkin. Menimcha, shunday yo‘l bilan kerakli natijaga erishish mumkin”, deydi Odil Ahmedov.
Eslatib o‘tamiz, ikki yil oldin Odil Ahmedov Namanganda ham futbol akademiyasi ochgan edi.