Okrug saylov komissiyalari tarkibi tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2023 yil 19 maydagi qarori bilan muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalarining shaxsiy tarkibi tasdiqlandi.

Jumladan, viloyatimiz chegarasi doirasida tuzilgan 7-Samarqand okrug komissiyasi tarkibi quyidagicha:

Rais

  1. Muhammadiyev Xo‘jaqul O‘tayevich- Samarqand davlat birlashgan tarixiy, me’moriy va badiiy muzey-qo‘riqxonasi bosh direktori

Rais o‘rinbosari

  1. Yakubjonova Dilfuza Qodirovna - Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori

Kotib

  1. Toshniyozov Otabek Polvonovich - “Kamalak invest tekstil” MChJ paxta to‘qimachilik klasteri yuridik bo‘lim boshlig‘i

A’zolari

  1. Husanov Diyor Sheraliyevich- O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Samarqand viloyati mintaqaviy vakili
  2. Hakimov Umid Akobirovich - “Hunarmandlar” uyushmasi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i
  3. Negmatova Shahzoda Shuhratovna- Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti prorektori
  4. Boboyev Sarvar Boltayevich- Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari
  5. Nazarov Sanjar Nasridinovich - viloyati “Toza hudud” davlat unitar korxonasi rahbari
  6. Sultonov To‘lqinjon Ibragimovich- “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi Samarqand filiali direktori
  7. Mo‘minova Gulruh Komilovna- viloyat “Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalari tahririyati maxsus muxbiri
  8. Ashurov Shahobiddin Saidovich- Samarqand davlat chet tillar instituti ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori
  9. Yarmuxamedova Nargiza Anvarovna- Samarqand davlat tibbiyot universiteti o‘quv ishlari prorektori
  10. Kenjayeva Nargiza Quvvatovna- Samarqand viloyati narkologiya dispanseri bosh shifokori
  11. G‘afforova Zilola Hamidovna- Aksiyadorlik tijorat Xalq banki Samarqand viloyati filiali boshlig‘ining o‘rinbosari
  12. Oqbo‘tayev Oybek Xolmurodovich– viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari
  13. O‘roqova Madina Toshpo‘latovna- Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti qoshidagi akademik litseyi direktorining ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari
  14. Rustamov Latif Botirovich- viloyat sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari
  15. Xonkeldiyeva Feruza Musayevna- “Tadbirkor ayol” O‘zbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi viloyat bo‘limi raisi
  16. O‘rolboyev Bekzod Xalibayevich- viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisining o‘rinbosari
  17. Caidmurodova Nargiza O‘ktamovna- Pushkin nomidagi Samarqand viloyati axborot-kutubxona markazi direktorining o‘rinbosari
  18. Shukurova Nafosat Isomiddin qizi- Samarqand tumani 1-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi