Samarqand shahrida yuk avtomobillari ishlab chiqarish 7 mingtaga yetkaziladi
Bu Samarqand shahrini 2026 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar rejasida qayd etilgan.
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi tomonidan tasdiqlangan reja-dasturda, shuningdek, faoliyat ko‘rsatayotgan 1501 ta sanoat korxonasi tomonidan 20 449,6 mlrd. so‘mlik, yangi ishga tushiriladigan 11 ta yirik loyiha hisobiga 2 450,0 mlrd. So‘mlik, korxonalarda mahsulot tannarxini qisqartirish va yangi texnologiyalarni joriy qilish hisobiga 650 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
Sayyor soliq tekshiruvlarini o‘tkazish orqali risk-analiz va “Soliq hamkor” tizimlari asosida soliq qonunchiligi buzilishlarini aniqlab, soliq bazasini tiklash hamda 1925 ta sayyor soliq tekshiruvlari o‘tkazish ko‘zda tutilgan.