Oktyabrdan boshlab bir milliondan ortiq kontingent emlanadi

2020 yilning 1 oktyabridan boshlab, O‘zbekiston bo‘yicha 516174 nafar o‘qituvchi, 223426 nafar MTM xodimlari, 534 ming nafar tibbiyot xodimlari, jami — 1 million 273600 nafar kontingent grippga qarshi emlanishi ko‘zda tutilgan.

Buning uchun 1,5 milliondan ortiq doza vaksina kerak bo‘ladi.
Bu haqda AOKA huzuridagi shtabda o‘tkazilgan brifingda Toshkent shahar SEOM immunoprofilaktika bo‘limi mudirasi Vazira Mutalova ma’lum qildi.