Olim xavfli «X kasallik» paydo bo‘lishi haqida ogohlantirdi

Ebola (u keltirib chiqargan gemmoragik bezgak bilan kechuvchi, ko‘pincha o‘lim bilan tugaydigan kasallik) virusini birinchilardan bo‘lib aniqlagan olim Jan-Jak Muyembe-Tamfum (Jean-Jacques Muyembe Tamfum) halokatli «X kasalligi» ehtimoli haqida ogohlantirdi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, bemorlarning birida gemorragik bezgakning dastlabki alomatlari qayd etilgan. Vaholanki, uning Ebola va boshqa ma’lum virusli kasalliklarga o‘tkazilgan testi salbiy natijalarni ko‘rsatdi. Uning fikricha, bu ayol yangi kasallikka chalingan nolinchi bemor bo‘lishi mumkin. Kasallik koronavirus kabi yuqumli hisoblanib, o‘lim holati Ebola kasalligiga nisbatan 50-90 foizni tashkil etadi.

Ayni payda «X kasallik»ning mavjudligi faqat gipoteza, ammo JSST xavotiri tasdiqlansa, yangi kasallik halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Professor Muyembe-Tamfum bir qator noma’lum viruslar insoniyatga tahdid solayotganini, bunday xavfli kasalliklarning ko‘pi Afrika tropik o‘rmonlarida "yashiringan"ligini ta’kidladi. Uning fikricha, hayvonlardan odamga yuqadigan koronavirus singari yangi patogenlar paydo bo‘lishi ehtimoldan holi emas.

Oldin yetakchi yapon futurologi, Yaponiya hukumatining maslahatchisi Morinosuke Kavagati dunyoda ro‘y berishi mumkin yangi pandemiyalarni bashorat qilgan edi. Ularning kelib chiqish sabablari bir xilligicha qolmoqda. Ya’ni, odamlar umumiy salomatligi yomonligi va turmush tarzini o‘zgartirishga harakat qilmagan. Tang vaqtda odamlar qo‘rqishadi va vaziyatning xavfli tus olishini vahima bilan kutishadi. «Ammo boshqa muammolar singari, bu ham o‘tib ketadi. Keyin hamma narsa o‘z o‘rniga qaytadi, go‘yo hech narsa bo‘lmagandek», deya prognoz qildi olim.

G.XOLDOROVA tayyorladi.