Olimpiada sovrinlari qanday qiymatga ega?

Oxford Economics nashri Parij Olimpiadasining oltin medalini 950 yevroga baholagan. Nega?

Chunki uning og‘irligi 529 gramm, ammo atigi olti gramm oltin. Ya’ni, medalning 1,3 foizigina oltin, qolgan qismi esa sof kumush. Aniqrog‘i, medal kumush yadro ustiga yotqizilgan plastinka oltindan iborat.

Aslida 1912 yilgi Stokgolm o‘yinlarigacha oltin medallar to‘liq oltindan yasalgan. Ammo Birinchi jahon urushidan keyingi pulni tejash siyosati tufayli 1920 yildan medalda oltin miqdori kamaygan.

Lekin kumush medal hali ham butunlay kumushdan yasalgan, bronza esa mis, qalay va rux qotishmasidan iborat.