Oliy Majlis Senatining o‘n to‘rtinchi yalpi majlisi 2021 yil 23 aprel kuni bo‘ladi

Bugun, 8 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva olib bordi.

Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n to‘rtinchi yalpi majlisini 2021 yil 23 aprel kuni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Videokonferensaloqa tarzida o‘tkaziladigan yalpi majlisda bir qator masalalar ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.

Jumladan, “O‘zbekiston Respublikasida chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy holati to‘g‘risida”gi, “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi, “Fazoviy ma’lumotlar to‘g‘risida”gi, “Noshirlik faoliyati to‘g‘risida”gi, “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi, bir tomondan va Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya, ikkinchi tomondan, o‘rtasida sherikchilikni ta’sis etuvchi sherikchilik va hamkorlik to‘g‘risidagi Bitimni (Toshkent, 2019 yil 31 oktyabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari shular jumlasidan.