Oliy Majlis Senatining yigirma to‘qqizinchi yalpi majlisi o‘z ishini davom ettirmoqda
Bugun, 5 avgust kuni, Toshkent shahrida Senatning majlislar zalida Oliy Majlis Senatining yigirma to‘qqizinchi yalpi majlisi o‘z ishini davom ettirdi.
Unda Senat, hukumat a’zolari, vazirlik va idoralarning vakillari, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashmoqda.
Majlis videokonferensaloqa tarzida o‘tkazilmoqda. Yalpi majlisda ko‘rib chiqiladigan masalalarni Senatning YouTube tarmog‘idagi sahifasi orqali onlayn kuzatib borishingiz mumkin.