Open byudjet e’tibordan chetdami?
“Tashabbusli byudjet” dasturining joriy yil 2-mavsum ovoz berish jarayonlari 31 avgustda yakunlandi. Tabiiyki, g‘olib loyihalar aniq.
Ammo bugungacha bironta loyiha xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarida tasdiqlanmagan. Chunki, masala hududiy hokimliklar tomonidan sessiyalar kun tartibiga kiritilmagan.
Achinarlisi, 1 mavsum loyihalari bo‘yicha ham qator kamchiliklar mavjud.
Misol uchun, Paxtachi tumanidagi 3 ta, Bulung‘ur, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Past Darg‘om, Samarqand, Nurobod, Urgut, Toyloq tumanlari, Samarqand hamda Kattaqo‘rg‘on shaharlarida 1 tadan ob’yektlarda qurilish ishlari boshlanmagan.
Boshlangan qurilish ishlari nazorat qilinmaganligi sababli o‘tgan 5 oy davomida bor-yo‘g‘i 53 ta, ya’ni 24 foiz ob’yektda qurilish yakunlanib, foydalanishga topshirilgan.