“Ochiq byudjet” axborot portali orqali ovoz berish har yili noyabr-dekabr oylarida o‘tkaziladi

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida moliyalashtiriladigan tadbirlar 2023 yildan boshlab jamoatchilik fikri asosida “Ochiq byudjet” axborot portali orqali ovoz berish yo‘li bilan aniqlanadi.

Har yili 1 noyabrga qadar davlat byudjetining tasdiqlangan ko‘rsatkichlari asosida, hududlar bo‘yicha yo‘naltiriladigan kapital qo‘yilmalar tuman va shaharlardagi aholi va mahallalar soniga nisbatan teng ulushlarda, lekin 8 mlrd. so‘mdan kam bo‘lmagan holda ajratiladi.

Jamoatchilik fikri asosida tadbirlarni shakllantirish va ular uchun ovoz berish jarayonlari uchta bosqichda tashkil etiladi:

● 1-bosqichda — portalda loyihalar to‘plami shakllantiriladi;

● 2-bosqichda — shakllantirilgan loyihalar to‘plami saralab olinadi;

● 3-bosqichda — saralash bosqichidan o‘tgan loyihalar to‘plamlariga ovoz beriladi.