Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Oqdaryo dehqon bozoriga rahbar tayinlandi

Tuman hokimligi majlislar zalida tashkilot rahbarlari, savdo xodimlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat bozor va savdo komplekslari uyushmasi raisi Toyir Mamadaliyev ishtirok etib, "Oqdaryo dehqon bozori" MChJ faoliyati, yutuq va kamchiliklari, kelgusida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalar haqida so‘z yuritdi.
Yig‘ilishda Hasanov Nusrat Qurbonovich "Oqdaryo dehqon bozori" MChJ boshqaruv raisi vazifasiga tayinlandi.
Nusrat Hasanov ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Oqdaryo tuman obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Oqdaryo tuman hokimligi
axborot xizmati.