Oqdaryo tumanida himoya orderiga ega ayoliga tazyiq o‘tkazgan erga 10 sutkalik qamoq jazosi tayinlandi

U shuningdek, 1 million 350 ming so‘m miqdorida jarima ham to‘laydigan bo‘ldi.

Sud qaroriga ko‘ra, undan qamoqda saqlash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar uchun 405 ming so‘m davlat daromadiga undiriladi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Oqdaryo tumani sudi ko‘rib chiqqan ma’muriy ishda aniqlanishicha, tazyiq va
zo‘ravonlikdan jabrlangan ayolga 20 oktyabrda himoya orderi berilgan.
Tuman IIBning qonuniy talablari zo‘ravon erni bor-yo‘g‘i 10 kun "tiyib turgan". Shundan so‘ng u yana eski "hunari"ni ko‘rsatgan.