Oqdaryo tumani hokimiga o‘rinbosar tayinlandi

Luqmonov Sardor Ikromovich Oqdaryo tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
S.Luqmonov 1989 yil Samarqand viloyati, Payariq tumanida tug‘ilgan. Ish faoliyatini O‘zLiDeP Samarqand viloyati kengashi apparati yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri lavozimidan boshlagan. 2014-2017 yillar davomida Samarqand shahar hokimligida mutaxassis, kotibiyat mudiri, hokim yordamchisi vazifalarida ishlagan.
2011 yil Samarkand davlat chet tillar institutini, 2020 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasini tamomlagan.
S.Luqmonov yangi lavozimga tayinlangunga qadar Jomboy tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida ishlagan.