Oqdaryoda salkam 310 million so‘mga yaqin subsidiya mablag‘larini talon-toroj qilgan shaxslar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Oqdaryo tuman bo‘limi tomonidan hududda tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.

Unda tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi mas’ul shaxslari “O.I.” mas’uliyati cheklangan jamiyati va “S.O.” ishlab chiqarish kooperativi rahbarlari bilan oldindan til biriktirib, kam ta’minlangan oilalarning bandligini ta’minlash uchun ajratilgan 309,7 million so‘m subsidiya mablag‘larini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda, deya ma’lum qildi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.