Oqdaryoda shifokorning noqonuniy “biznesi” fosh etildi

Keyinchalik «uddaburon» shifokor ushbu xaridorlarga yana 10 dona psixtrop moddasini yetkazib beradi.

Mo‘may daromad U.Bahodirovning nafsining yanada hakalak otishiga sabab bo‘ldi. U ruhiy kasal fuqaro Z.T.ga shifokor ko‘rsatmasi asosida berilgan 12 dona psixotrop moddasini uning onasi ishonchiga kirib, qo‘lga kiritadi.

Sharafli kasbi nomiga dog‘ tushirgan bu kimsaning jinoyati uzoq davom etmadi va huquq tartibot organlari xodimlari tomonidan fosh etildi.

U.Bahodirovga sud hukmi bilan tegishli jazo tayinlandi.

F.ABDUSAMATOV.