Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Oqdaryodagi mashina-traktor parkida yong‘in yuz berdi

Bugun, 7 aprel kuni soat 05:56 da Oqdaryo tumani "Navro‘zʼʼ mahallasi, O‘zbekiston ko‘chasida joylashgan "Agro servis" mashina-traktor parkida yong‘in sodir bo‘lgan.

Viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabariga ko‘ra, voqea joyiga 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipajilari jalb etilgan. Yong‘inga soat 06:00 da yetib borilgan va soat 06:50 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatida mashina-traktor parkining tokarlik sexining 150 kv.m. maydonda shift, tom va ichki qismidagi dastgohlari yonib, zararlangan.

Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.