Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Oqdaryolik o‘qituvchilarning ochiq darslari ommalashtiriladi

Joriy yilning 15 oktyabr kuni Oqdaryo tumanidagi 32-umumiy o‘rta ta’lim maktabida "Ona tili - millat ruhi" mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi vakillari, tumandagi barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari ishtirok etdi.

Mazkur maktabning faol o‘qituvchisi N.Hamroqulova hamda tumandagi 39-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ijodkor o‘qituvchisi X.Mardiyeva tomonidan tashkil etilgan ochiq dars va to‘garak mashg‘ulotlari tadbir ishtirokchilari tomonidan yuqori baholanib, tuman hamda viloyat miqyosida ommalashtirishga tavsiya etildi.

D.ABDURAHMONOVA.