O‘qing, qiziq: Eskalatorlarda zina va tutqichlarning aylanish tezligi hech qachon bir xil bo‘lmagan

E’tibor berganmisiz: Metro va yoki boshqa biror joyda eskalatorda harakatlanarkansiz oyoq ostidagi zinalar tezligi va siz ushlab turgan tutqichlar tezligi oz bo‘lsa-da bir biridan farqlanadi. Bir necha soniyada qo‘lingiz “ilgarilab ketganini” his qilasiz.
Mutaxassislar bu yo‘lovchilar diqqatini oshirish va harakat chog‘ida ularni uyqu elitmasligi uchun, deb izohlashsa-da aslida buning boisini inson ruhiyatidan emas balki texnika imkoniyatlaridan izlash kerak.
Eskalator — uzluksiz harakatlanuvchi qiya zinapoyalardan iborat polotnoli ko‘tarish-tashish qurilmasi tarixi ham o‘ziga xos. Eskalator birinchi marta 1984 yilda Nyu Yorkning Koni Aylend istirohat bog‘ida aslida ko‘ngilochar qurilma sifatida ishga tushirilgan.
Metroda eskalatordan foydalanish esa 1989 yilda London yer osti tizimida yo‘lga qo‘yilgan.
Jahondagi eng uzun eskalator qayerda o‘rnatilganidan xabardormisiz? Bu Peterburg metropolitenidagi harakat yo‘nalishi 86 metrlik eskalator hisoblanadi. Og‘ir ish kunidan keyin bunday uzunlikdagi eskalatorda chindan ham uxlab qolish mumkin.