O‘qituvchi ham maktab, ham uydagi o‘quvchiga dars o‘tishga ulguradimi?
Masofaviy shaklda ta’lim olayotgan o‘quvchilarning darslari “Onlayn maktab” loyihasi doirasida tashkil etiladigan darslar orqali berib boriladi.
Bunda maktab o‘qituvchilarining asosiy vazifasi masofaviy ta’limdagi o‘quvchilarning kundalik davomatini yuritish, “Onlayn maktab” loyihasi doirasida tashkil etiladigan darslarda beriladigan vazifalarni tekshirib, bajarilishini nazorat qilib boradi.
Ya’ni, maktabda dars bergan o‘qituvchi masofada ta’lim olayotgan o‘qituvchiga alohida dars o‘tib bermaydi.
Ta’kidlash lozim, 18 avgustdan boshlab 1-11-sinflar uchun televizion darslarni tasvirga olish ishlari boshlab yuborilgan.
Onlayn darslarni tasvirga olish ishlariga jami 117 nafar respublikamizning eng malakali pedagoglari jalb etilgan.
Bundan tashqari, ushbu darslar ustida 8 nafar surdo-tarjimon hamda 15 nafar muharrir ishlamoqda.
“Onlayn maktab” televizion darslari joriy yilning 14 sentyabridan efirga uzatila boshlanadi.