O‘qituvchilarga dars soatlari ularning ko‘rsatkichlariga qarab taqsimlanadi

Maktab o‘qituvchilariga dars soatlari quyidagi ko‘rsatkichlarning ustuvor ketma-ketligi asosida taqsimlanadi:

➖ xalqaro olimpiadalar g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar;
➖o‘qituvchi bo‘lib ishlayotgan xalqaro olimpiadalar g‘oliblari;
➖ xalqaro sertifikatlarga ega o‘qituvchilar;
➖TOP-1000 universitetlardan birini bitirgan o‘qituvchilar;
➖ asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar;
➖ o‘qituvchi bo‘lib ishlayotgan asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi g‘oliblari;
➖ respublika bosqichidagi ko‘rik tanlovlarda (yil o‘qituvchisi) sovrinli o‘rinlarga ega bo‘lgan o‘qituvchilar;
➖ oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilar;
➖ birinchi malaka toifasiga ega o‘qituvchilar;
➖asosiy olimpiadalarning viloyat va tuman bosqichi g‘oliblarining o‘qituvchilari;
➖ikkinchi malaka toifaga ega o‘qituvchilar;
➖ pedagogik yo‘nalish bo‘yicha magistr darajasiga ega o‘qituvchilar;
➖ o‘z fanidan o‘tkazilgan sinovlar natijasi bo‘yicha a’lo baholarga ega o‘qituvchilar;
➖oliy ma’lumotli toifasiz o‘qituvchilar;
➖ qayta tayyorlash bo‘yicha diplomga ega o‘qituvchilar;
➖ OTMning pedagogik yo‘nalish bo‘yicha bitiruvchi bosqich talabalari;
➖ pedagogik yo‘nalish bo‘yicha xorijiy davlatlarning oliygohlarini bitirgan, biroq diplomi tan olinmagan o‘qituvchilar;
➖ o‘rta maxsus, professional ma’lumotga ega o‘qituvchilar;
➖ umumta’lim muassasasining tegishli mutaxassisligi bo‘yicha rahbar xodimlari.

📝 Umumta’lim muassasasining pedagogik kengashi tomonidan dars soatlari qayta taqsimlanishi mumkin.