O‘qituvchiman. Koronavirusga chalindim. Menga davlat tomonidan dorilar ajratiladimi?
Bugun AOKA zalida Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nargiza Nurullayeva ishtirokida o‘tkazilgan brifingda pandemiya bilan bog‘liq savollarga javob qaytarildi:
❓O‘qituvchiman. Koronavirus yuqtirib, 10 kun davolandim. Test tahlili manfiy chiqqani uchun ishga qaytdim va 1 hafta ishladim. Sog‘ligim yomonlashgani sababli yana shifokorga uchradim. Shifokor koronavirusli pnevmoniyadan to‘liq tuzalmaganim uchun yana 1 oy davolashni tavsiya qildi. Ishga borishimni ta’qiqladi. Masofaviy ishlashga ruxsat beriladimi, oyligim saqlanadimi? Menga davlat tomonidan dorilar ajratiladimi?
➖ Zararlangan sohaning hajmiga ko‘ra koronavirusli pnevmoniyadan tuzalish turli vaqtni talab qilishi mumkin.
Uy sharoitida ma’lum dori vositalarni qabul qilish va nafas mashqlarini bajarish tavsiya etiladi.
Siz maktab ma’muriyati bilan distansion faoliyat yuritish to‘g‘risidagi savolni ko‘rib chiqishingiz mumkin.
Reabilitatsiya davrida kerakli bo‘lgan dorilar davlat tomonidan ta’minlanmaydi.