O‘quvchilar Azim Suyun ijodi bilan tanishdi

Samarqand shahridagi 59-son ko‘zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasasida jahon shoirlar kongressi a’zosi Azim Suyunning 70 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Madaniyat xodimlari, shoirlar, yozuvchilar hamda muassasa o‘qituvchilari va yoshlar ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda Azim Suyunning faoliyati, uning badiiy merosi haqida so‘z bordi. Tadbir qatnashchilari muassasa kutubxonasidagi shoir asarlari va uning ijodi asosida yaratilgan ko‘rgazmalar bilan tanishdi.