O‘quvchilar harbiylar bilan muloqotda bo‘ldi

Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 28 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoyishida 2019 yil 15 dekabrdan 2020 yil 15 yanvarga qadar vatanparvarlik oyligini o‘tkazish belgilandi.
Oylik doirasida umumta’lim maktablarida ham qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Samarqand shahridagi 14-umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchilari Markaziy harbiy okrugning 13060-harbiy qismida bo‘lib, harbiy texnika va qurol-aslahalar bilan yaqindan tanishdi. Harbiy xizmatchilar bilan muloqotda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
A.ZIYoDOV.