O‘quvchilar zamondosh adiblar ijodidan bebahra

Maktab o‘quvchilari uchun nashrdan chiqqan (5-11-sinflar) adabiyot darsliklariga e’tibor qaratsak, o‘zbek hamda jahon adabiyoti adiblarining  hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar keltirilgan.  Biroq mustaqillik hamda undan keyingi davr o‘zbek adabiyoti namoyandalari va ularning ijodidan namunalar 10-sinfgacha kiritilmagan.

Faqatgina 11-sinf adabiyot darsligining II qismida Jamol Kamol, Oydin Hojiyeva, Usmon Azim, Xurshid Davron, Mahmud Toir, Sirojiddin Sayyid, Muhammad Ali, Erkin A’zam, Iqbol Mirzo kabi o‘ngga yaqin adiblar ijodidan ayrim namunalar ko‘rsatilgan. Ammo darslikda ularning na tarjimai holi, na asarlari, na to‘plamlari keltirilgan. Axir o‘quvchilar bu ijodkorlar haqida, ularning asarlari va to‘plamlarining mazmun-mohiyati to‘g‘risida bilishi kerak emasmi? Bu adiblar va ularga o‘xshagan bir qancha ijodkorlarimizning nodir asarlari bor. Nega ular quyi sinflarda berilmagan?  O‘quvchilar tahsil jarayonida zamondosh shoir, yozuvchilar va ularning ijodidan xabardor bo‘lgani yaxshi emasmi?                                                                Fazliddin Ro‘ziboyev.