Oromgohlarga 21 ming o‘quvchi jalb etiladi
– Bolajonlarning bu yilgi yozgi sog‘lomlashtirish mavsumini mazmunli tashkil etish bo‘yicha viloyat hokimligi va birlashmamizning qo‘shma qarori tasdiqlandi, – deydi viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi S.Rafiqov. – Unga ko‘ra, yozgi mavsumda maktab o‘quvchilarining qariyb 10 ming nafari shahardan tashqari 23 ta doimiy oromgohlarda, 11 ming nafari tumanlarda tashkil etilayotgan 55 ta kunduzgi oromgohlarda sog‘lomlashtiriladi.
Shuningdek, tadbirda ichki ishlar idoralari ro‘yxatida turuvchi bolalar uchun "Tarbiya va sport", bilimlar bellashuvi g‘oliblari uchun "Intellektual rivojlantirish" oromgohlarini tashkil etish va ularda 300 nafarga yaqin bolajonlar sog‘lomlashtirilishi ta’kidlandi.
Husan ELTOYeV.