O‘rta asrlar kulolchilik mahsulotlaridagi bitiklar nimani anglatadi?
X–XII asrlarga mansub kulolchilik durdonalari islom madaniyati va san’atiga oid o‘zgarishlarni o‘zida aks ettiradi.
Qadimiy sopol buyumlardagi epigrafiya – kalligrafik usulda chizilgan yaxshi tilak va hikmatli so‘zlardan iborat bo‘lgan. Aksariyat yozuvlarda xayr-saxovat, insoniylik kabi fazilat ulug‘langan.
Masalan, “Saxiylik jannat ahlining mulkidir”, “Saxiylik solihlarning mulkidir” degan iboralar Somoniylarning kulolchilik buyumlariga bitilgan.
Samarqandda yasalgan konussimon kosa yana bir shunday ibora bilan bezatilgan: “Albatta, saxovatlining ahvoli o‘zgarsa ham qalbi olijanob bo‘lib qolaveradi”.
Kulolchilik mahsulotlaridagi hikmatlar "sadaqa" tushunchasi haqida eslatadi. Unga ko‘ra, agar imkon bo‘lsa, kambag‘allarga sadaqa berishi kerak.