Osmondagi jang

Noma’lum uchuvchi jismlar bilan bog‘liq hodisalarga uzoq vaqt uydirma, xom-xayol deb qarab kelindi. Ammo XXI asrga kelib olimlar, astronomiya tadqiqot markazlari ham o‘zga sayyoraliklar mavjudligi, ular Yerga muntazam tashrif buyurib turishganini tan olmoqda.
O‘zga sayyoraliklar kim, koinotning qaysi burjidan nima maqsadda kelyapti, milliardlab kilometr masofani qanday qilib ko‘z ochib yumguncha bosib o‘tadi? Bu savollar jumboqligicha qolyapti. NUJlar bilan to‘qnashuvlar yuz bergani, nega bu voqealar ommadan sir saqlab kelingani yanada hayratlanarli. Xo‘sh, ular bilan to‘qnashuv - osmondagi jangda kim g‘olib chiqqan?
...1978 yil oxirida NUJ havo hujumiga qarshi mudofaa markaziy sinov poligoni ustida 30 kilometr balandlikda paydo bo‘ldi. Bu poligon Qozog‘istonning Sari-Shagan sahrosida joylashgandi. Taniqli raketkachi konstruktor P.Grushin buyrug‘i bilan 3RKC-75 zenit bo‘linmasi NUJga qarshi raketa uchirdi. Nishon urib tushirildi. Uning bo‘laklari mayda-mayda bo‘lib, parchalanib poligonga sochilib ketdi. Shaxsiy tarkib bir hafta NUJ bo‘laklarini topish uchun hududni tintib chiqdi, biroq kichkinagina yashikning parchasidan boshqa hech narsa topishmadi.
Topilma yashikcha parchasi ilmiy tadqiqot institutida tekshirib ko‘rildi. NUJ kremiydan iborat allaqanday materialdan tayyorlangan ekan. Ya’ni, Yerda kam uchraydigan molekulalari noma’lum metalldan iborat edi.
...1980 yil Sverdlovsk oblasti osmonida tunda bir guruh uchar likopchalar bilan havo xujumiga qarshi mudofaa kuchlari o‘rtasida chinakam jang bo‘ldi. Osmonga ko‘tarilgan “MIG” quruvchi samolyoti NUJlardan birini urib tushirdi. Ertalab 12 kishidan iborat maxsus otryad vertolyotda NUJ qulagan joyga yetib keldi.
Kema - NUJ ulkan disk shaklida bo‘lib,balandligini 5 metr, aylanasi 26 metr edi. Ichida ikkita pakana biologik mavjudotning tanasi topildi. Ular biologik muammolar tibbiy tadqiqot institutiga jo‘natildi.
...1985 yilda Sovet havo hujumiga qarshi mudofaa qiruvchi samolyotlari yana NUJni urib tushirishga muvaffaq bo‘ldi. 11 iyulda Kavkazdagi “Minyeral voda” aeroportidan 90 kilometr narida radiolakator yetti-sakkiz kilometr balandlikda yettita noma’lum ob’yektni qayd etdi. Ulardan signallarga javob bo‘lmagach, Rostov-Dondan qiruvchi “Mig–25” samolyoti osmonga ko‘tarildi. Samolyot ularni qo‘nishga majbur etganda NUJlar ro‘parama-ro‘para hujumga o‘tdi. “MIG” ularga qarshi ikkita raketa otishga majbur bo‘ldi, biri nishonga aniq tegdi, qulab tushgan NUJ ulkan disksimon edi. Ichidagi ikkita gumanoid radiaktiv nurlanishdan halok bo‘lgandi. Urib tushirilgan NUJlar, ularning ichidagi gumanoidlar maxfiy tadqiqot isntitutlarida sinchiklab tekshiruvdan o‘tkazilgani, tegishli xulosalarga kelinganiga qaramay hamon sir saqlanmoqda.
NUJlar bilan jang AQSh da ham sodir bo‘lgan. Hatto ular ichida omon qolgan gumanoid - biologik mavjudotlar bilan muloqot olib borilgan, biroq hozircha barcha to‘qnashuvlar sirligicha qolishmoqda.
T.Shomurodov tayyorladi.