Ot sporti: Samarqand va toshkentlik chavandozlar O‘zbekiston terma jamoasi safida oltin medalga ega chiqdi
Poytaxtimizdagi «Universal Horses Stable» majmuasida ot sporti bo‘yicha «CS01*-W LONGINES FEI JUMPING NATIONS CUP EURASIAN LEAGUE» jamoaviy musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqada hamyurtlarimizdan tashqari Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Rossiyadan kelgan chavandozlar ikki davradan iborat konkur yo‘nalishida bahslashdi. Jamoaviy bahsda O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida samarqandlik Abdurahmon Abdullayev, toshkentlik A’zam Toliboyev, Oqil Sobirjonov, Dilshod Shokirov kabi tajribali sportchilar ishtirok etdi.
Ushbu jamoa ilk davradanoq peshqadam bo‘lib oldi va birinchi o‘rinni hech kimga bermadi. Ikkinchi o‘rindan Qozog‘iston va Qirg‘iziston termalari joy oldi.
Oltin medalni qo‘lga kiritgan chavandozlarimiz sharafiga madhiyamiz yangrab, Vatan bayrog‘i baland ko‘tarildi.
Javohir Toshxo‘jayev.