Otabek Umarov Triatlon federatsiyasi va Aralash jang san’ati assotsiatsiyasi rahbarligidan iste’foga chiqdi

Otabek Umarov O‘zbekiston triatlon federatsiyasi va Aralash jang san’ati (MMA) assotsiatsiyasi rahbarligi lavozimlaridan iste’foga chiqdi.
Bu haqida federatsiya va assotsiatsiya vakillari "@gosportuz"ga ma’lum qildi.
Otabek Umarov 2019 yilning 7 martidan O‘zbekiston Triatlon federatsiyasi raisi, 8 noyabridan MMA assotsiatsiyasi prezidenti sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.