O‘tmishdagidek yashayotgan qabilalar

Bugun ham Yer yuzida o‘tmishdagidek yashayotan qabilalar mavjudligiga aqlbovar qilmaydi. Ammo bu haqiqat.

Olimlarning hisob-kitoblariga qaraganda, yer yuzida bugungi hayot bilan hamnafas turmush kechirmayotgan kamida 100 ta qabila bor. Bu odamlar Janubiy Amerika changalzorlari, Hind va Tinch okeani orollarida ibtidoiy hayot kechirishadi, sivilizatsiya bilan aloqada emas.
Ana shunday qabilalardan biri 2008 yilda Amazonka o‘rmonlarida aniqlangan. Xuddi o‘sha yerda Braziliyada tashqi dunyodan bexabar mahalliy qabila topilgan. Yaqinda esa braziliyalik tadqiqotchilar keyinchalik «Yerdagi eng yolg‘iz odam» deb atalgan erkakni aniqlashdi. Uning barcha qabila a’zolari olishuvda o‘ldirilgan, u changalzorda yolg‘iz 22 yil yashagan.

T.Shomurodov tayyorladi.