Ov quroli va o‘q-dorilarni hujjatlarsiz chetdan olib kirgan shaxs aniqlandi

Samarqandlik bojxonachilar qurol-yaroq va o‘q dorilarni mamlakatimizga yashirin ravishda olib kirishga bo‘lgan harakatni to‘xtatib qoldi.

”Domodedovo-Samarqand” yo‘nalishidagi aviareys bilan Samarqand xalqaro aeroportiga uchib kelgan fuqaro A.Yu.ning bagaj sumkasi bojxona nazoratidan o‘tkazilganda, maxsus ruxsatnoma talab etuvchi 1 dona “Baikal” nomli pnevmatik ov quroli hamda 339 dona 4,5 mm. o‘q dorilar borligi aniqlangan.

Mazkur holatda fuqaro qurol-yaroq va o‘q dorilarni hujjatlarsiz va bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatmay, mamlakatimizga olib kirishga uringan.

"Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda", deyiladi viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabarida.