O‘zbek jang san’ati: Qora belbog‘ sohiblari va yosh chempionlar aniqlandi
Samarqand shahridagi sport yakka kurashi bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabida Navro‘z bayramiga bag‘ishlab sportning o‘zbek jang san’ati turi bo‘yicha viloyat birinchiligi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, O‘zbek jang san’ati federatsiyasi hamda «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi viloyat bo‘limlari tashabbusi bilan Naro‘z bayramiga bag‘ishlab o‘tkazilgan musobaqada viloyatimizning shahar va tumanlaridan 7 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalar g‘oliblik uchun bellashdi.
Musobaqaning tantanali ochilishida so‘z olgan senator F.Toshev, O‘zbek jang san’ati federatsiyasi viloyat bo‘limi ijrochi direktori H.Yusupov va boshqalar musobaqaning ahamiyati va mavqei haqida to‘xtalib, ishtirokchilarga omad tiladi.
Tadbirda bir guruh sportchilarga sport ustasi guvohnomasi hamda qora belbog‘ sohibi sertifikatlari topshirildi. Musobaqa g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilarning diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Baxtiyor Mustanov.