O‘zbekiston fuqarolarini Ukrainadan evakuatsiya qilish jarayonlari yakunlandi

28 fevraldan beri Ukrainadan Polsha hududi orqali 25 havo qatnovi vositasida 5786 nafar fuqaro O‘zbekistonga eltib qo‘yilgan. Shu bilan evakuatsiya qilish jarayoni nihoyasiga yetdi.

Aytilishicha, Ukraina–Polsha chegarasida konsullik xodimlari, Varshavadagi elchixonada tuzilgan shtab 18 kun davomida tun-u kun ishlagan.

O‘zbekistonning Polshadagi elchisi Bahrom Boboyevning so‘zlariga ko‘ra, “Bu juda murakkab va xavotirli davr bo‘ldi, mamlakatimiz rahbariyati tomonidan O‘zbekistonning har bitta fuqarosi uchun mas’uliyat Ukraina va Polshadagi diplomatiya vakolatxonalarimiz zimmasiga yuklatildi”.