O‘zbekiston kubogi musobaqasida samarqandlik talaba bronza medalini qo‘lga kiritdi

Termiz shahrida 100 kilogramdan yuqori bo‘lgan vazn toifasida sportning jangovar sambo bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali talabasi O‘tkir Rajabov faxrli uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

- Men sport sir-asrorlarini marhum ustozim Begzod Nurmatovdan o‘rgandim. – deydi O‘.Rajabov. – Har gal g‘alabani qo‘lga kiritganimda ustozimning o‘gitlari yodimga tushadi. Hali yanada yuksak marralarni zabt etish niyatim bor.

TATU Samarqand filiali matbuot xizmati.