O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi «Yoshlar parlamenti» a’zoligiga Narpay tumanidan vakil saylandi
Qonunchilik palatasi huzuridagi «Yoshlar parlamenti» a’zoligiga Narpay tumanidan Shamsiddinova Yulduz Ulug‘bek qizi saylandi.
Yulduz Shamsiddinova 2001 yilning 29 noyabr kuni Samarqand viloyati Narpay tumanida tug‘ilgan. Ayni vaqtda Narpay tumanida istiqomat qiladi. Samarqand viloyati yuridik kollejini 2020 yil tamomlagan. O‘qish davrida ko‘plab tanlovlar g‘olibasi bo‘lgan. “Tashabbuskor huquqshunos yoshlar” loyihasi muallifi.
Hozirgi kunda ”Narpay Yulduz Savdo XK“ yuristi lavozimida ish faoliyatini yuritmoqda.
O‘zbekiston “Adolat” sotsial demokratik partiyasining faol a’zosi Yulduz Shamsiddinova o‘z dasturlari bilan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning manfaatlarini himoya qilishdek maqsadlarini amalga oshirishida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.