O‘zbekiston Sharqiy Quddusdagi vaziyat keskinlashganidan jiddiy xavotirda

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi o‘z munosabatida tomonlarni keskinlikni kuchaytirmaslikka va mojaroni tezroq bartaraf etish uchun barcha zarur choralarni ko‘rishga chaqirmoqda.

Shuningdek, qayd etilishicha, Falastin-Isroil muammosini hal qilish xalqaro huquq normalariga muvofiq, BMT Xavfsizlik Kengashining avval qabul qilingan rezolyusiyalari va “ikki xalq uchun ikki davlat” tamoyili asosida amalga oshirilishi zarur.

"Biz tomonlarni ixtilofni muloqot va diplomatiya yo‘li bilan hal qilish uchun vazminlik hamda siyosiy iroda ko‘rsatishga chaqiramiz", deyiladi TIV munosabatida.