O‘zbekiston tashabbusi dunyoda e’tirof etildi

BMT Bosh Assambleyasi tomonidan O‘zbekiston tashabbusi bilan ilgari surilgan «2027 yil – Xalqaro barqaror va yashovchan turizm yili» rezolyusiyasi bir ovozdan ma’qullandi.

Ushbu rezolyusiyaga 80 dan ortiq a’zo mamlakat hammualliflik qildi.

Hujjatning bosh maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2023 yil oktyabrda Samarqandda bo‘lib o‘tgan BMTning Jahon sayohlik tashkiloti Bosh Assambleyasi sessiyasida turizm sohasining yangi mummolar va zamonaviy xatarlar oldida barqarorligi va moslashuvchanligi borasida bildirilgan fikrlariga asoslangan.

Davlatimiz rahbari tomonidan turizmning turli sivilizatsiyalarga boy madaniy merosini asrashda, tinchlik va bag‘rikenglikni mustahkamlashda, xalqlarning qadriyatlarini hurmat qilishda muhim o‘rin to‘g‘risida bayon etilgan tamoyillar ushbu rezolyusiyada mustahkamlangan.

Xalqaro ekspertlarning ta’kidlashicha, O‘zbekiston tomonidan ilgari surilgan rezolyusiya turizm sanoatining global darajada yangi bosqichga ko‘tarilishini boshlab beradi.