O‘zbekiston va Ispaniya oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik o‘qituvchi va talabalarga nima beradi?

Ayni kunlarda Toshkent va Samarqand shaharlarida O‘zbekiston va Ispaniya oliy ta’lim muassasalarining ikki tomonlama uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.

Rektorlar ishtirok etayotgan mazkur ta’lim forumining asosiy uchrashuvlaridan biri Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida tashkil etildi.

Uchrashuvda ispaniyalik OTM rektorlari bilan birga Samarqand va Jizzax shaharlaridagi universitet va institutlar vakillari ishtirok etdi. Unda tomonlar o‘rtasida turli xil innovatsion loyihalarni yo‘lga qo‘yish, hamkorlikda professor-o‘qituvchilar hamda talabalarning tajribasini oshirish, oliygohlar o‘rtasida xalqaro aloqalarni yanada kengaytirish, shuningdek, arxitektura va qurilish sohalari bo‘yicha yangi ta’lim yo‘nalishlarini joriy etish kabi masalalar muhokama qilindi.

Jarayon davomida barcha oliygoh rektorlari o‘zlari faoliyat olib borayotgan institut va universitetlar to‘g‘risida batafsil taqdimotlar qilishdi. Xususan, Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti rektori Chidem Turkyilmaz universitetning tarixi, faoliyati va hozirgi kunda olib borilayotgan islohotlar hamda kelajakda amalga oshirilishi maqsad qilingan strategiyalar bilan tanishtirdi.