O‘zbekiston xalq o‘qituvchisi Feruza G‘afforova: Bilim bu qurol, o‘quvchilarni shunchaki test yechishga o‘rgatish bilan cheklanmasligimiz kerak

Rivojlangan davlatning eng asosiy kuchi bu - ta’lim.
O‘zbekiston xalq o‘qituvchisi Feruza G‘afforova qirq yildan buyon o‘qituvchilik qilib, shu kasbdan e’zoz va hurmat topgan muallima. Samarqand shahridagi 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabida faoliyat ko‘rsatsa-da nainki ushbu ta’lim muassasasidagi, balki viloyatdagi maktablar matematika fani o‘qituvchilari uni o‘zlariga ustoz deb bilishadi. Bilmaganlarini undan so‘rashadi, tajribalarini o‘rganishadi.

Feruza G‘afforova bilan yangi o‘quv yili arafasida Prezidentimiz raisligida maktab ta’limi sifatini oshirish yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida bildirilgan fikrlar, ayni paytda ta’lim sohasidagi yangilik va o‘zgarishlar haqida suhbatlashdik.